O‘zbekiston Coca-Cola kubogiga qur’a tashlandi

Bugun O‘zbekiston Coca-Cola kubogi-2021 saralash va guruh bosqichisha qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Birinchi liganing 8 ta klubi saralash o‘yinlaridagi o‘z raqiblarini bilib oldi.

Birinchi saralash bosqichi

28 mart, yakshanba

NEFTGAZMONTAJ – ChIG‘ATOY

ZOMIN – LOChIN

G‘IJDUVON – JOMBOY

RUBIN – LOKOMOTIV-BFK

Bir uchrashuv natijasiga ko‘ra, to‘rt g‘olib klub II bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Mazkur bosqichda to‘rt klub ikki juftlik hosil qiladi va o‘yinlar 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

AGMK 7 aprel kuni xalqaro o‘yinda zafar quchsa, III bosqich bekor qilinadi va II bosqichning ikki g‘olib klubi “Paxtakor” va AGMK o‘rnida guruh bosqichida qatnashadi. AGMK 7 aprel kuni mag‘lub bo‘lsa, II bosqichning ikki g‘olibi 13 aprel kuni O‘zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining bitta yo‘llanmasi uchun o‘zaro maydonga chiqadi.

Shundan so‘ng musobaqaning guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Reglamentda ko‘rsatilganidek, musobaqaning guruh bosqichida 24 ta klub bellashadi. Ular Superliga hamda Pro liga klublari yordamida shakllantiriladi. Faqatgina Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klub(lar) musobaqaga 1/8 finaldan boshlab qo‘shiladi. Ularning o‘rni Birinchi liga klublari bilan saralash o‘yinlari orqali to‘ldiriladi.

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi. Guruh bosqichi

“A” guruhi

“Turon”

“Aral Samali”

“Andijon”

“Lokomotiv”

Bguruhi

“Buxoro”

“Dinamo”

“Istiqlol”

“Surxon”

Dguruhi

“Navbahor”

“Oq-Tepa”

“Olimpik”

AGMK/Saralash II

Eguruhi

“So‘g‘diyona”

“Nasaf”

Saralash I

“Bunyodkor

Fguruhi

“Mash’al”

“Metallurg”

“Yangier”

“Qo‘qon-1912”

“G” guruhi

“Sho‘rtan”

“Neftchi”

“Xorazm”

“Qizilqum”.

Quyida guruh bosqichi taqvimi bilan tanishasiz.

1-tur

TURON – ARAL SAMALI

ANDIJON – LOKOMOTIV

BUXORO – DINAMO

ISTIQLOL – SURXON

NAVBAHOR – OQ-TEPA

OLIMPIK – AGMK/SARALASh II

MASh’AL – METALLURG

YaNGIER – QO‘QON-1912

ShO‘RTAN – NEFTChI

XORAZM – QIZILQUM


2-tur

LOKOMOTIV – TURON

ARAL SAMALI – ANDIJON

SURXON – BUXORO

DINAMO – ISTIQLOL

AGMK/SARALASh II – NAVBAHOR

OQ-TEPA – OLIMPIK

BUNYoDKOR – SO‘G‘DIYoNA

NASAF – SARALASh I

QO‘QON-1912 – MASh’AL

METALLURG – YaNGIER

QIZILQUM – ShO‘RTAN

NEFTChI – XORAZM


3-tur

TURON – ANDIJON

ARAL SAMALI – LOKOMOTIV

BUXORO – ISTIQLOL

DINAMO – SURXON

NAVBAHOR – OLIMPIK

OQ-TEPA – AGMK/SARALASh II

MASh’AL – YaNGIER

METALLURG – QO‘QON-1912

ShO‘RTAN – XORAZM

NEFTChI – QIZILQUM

Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 1/8 final ishtirokchisiga aylanadi.

1/8 finaldan boshlab to finalga qadar bo‘lgan pley-off juftliklariga alohida qur’a yordamida aniqlik kiritib olinadi. Bunda guruhlar peshqadamlari 1/8 finalda o‘zaro raqib bo‘lmaydi. Shuningdek, peshqadam klublar bu bosqichda “Paxtakor” (yoki AGMK) klubi bilan ham raqib sifatida to‘qnashmaydi.


Qur’a tashlash marosimining uchinchi qismida O‘zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuvini o‘tkazish uchun ariza topshirgan stadionlar orasidan qur’a orqali final mezboni nomiga aniqlik kiritib olindi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi-2021 finali Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb