“Navbahor” — “Paxtakor” o‘yini 7-aprel sanasida bo‘lib o‘tadi

Coca-Cola Superliga 5-turidan joy olgan “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvi avvaldan rejalashtirilgani kabi 9-aprel sanasida emas, 7-aprelda bo‘lib o‘tadi.

“Paxtakor” Chempionlar ligasi musobaqasidagi ishtirokini 14-aprel sanasida boshlaydi. Shunga ko‘ra, klub musobaqaga mezbonlik qiluvchi BAA mamlakatiga tashrif buyurish rejasiga oydinlik kiritdi. Pandemiya davrida delegatsiya test bilan bog‘liq vazifalarni ham amalga oshirishi kerak. Shundan kelib chiqib, uchrashuvning ikki kun avvalroq tashkil etilishi bu borada xalqaro maydonda to‘p suradigan klub rejalari uchun engillik yaratadi.

Uchrashuv kunini o‘zgartirish borasida “Paxtakor” futbol klubi O‘zPFLga Reglamentda ko‘rsatilgani bo‘yicha o‘z vaqtida taklif bilan chiqdi. “Navbahor” futbol klubi vaziyatni to‘g‘ri tushungani holda, bu masalaga e’tiroz bildirmadi. Shuningdek, “Sport” telekanali o‘z dasturlariga 5-tur uchrashuvlarini kiritib ulgurmagani ham bunda qo‘l keldi.

Ishonamizki, “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvi 7-aprel kuni yuqori saviyada tashkil etiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb