O‘zPFL ukrainalik tajribali mutaxassis bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi qoshida tashkil etilgan shifokorlardan iborat bo‘lgan Komissiya ukrainalik mutaxassis  Popov Vyacheslav Dmitriyevich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat tarzida o‘tgan uchrashuvda O‘zPFL shifokorlari, futbol klublari shifokorlari, massajchi va fizioterapevtlari ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuv Coca-Cola Superliga tur o‘yinlari vaqti bilan to‘g‘ri kelib qolgani va bir nechta klublar mutaxassislari jamoa bilan safarda bo‘lganliklari sababli, uchrashuv parallel ravishda Zoom platformasi orqali ham video uchrashuv tarzida bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida sport tibbiyoti bo‘yicha asosiy masalalarga to‘xtalib o‘tildi. O‘yinlardan keyingi tiklanish jarayonlari, fizioterapiya, to‘g‘ri ovqatlanish zamonaviy futbolda asosiy masalalarga ulgurib aylangan.

Vyacheslav Popov Ukraina futbol assotsiatsiyasi tibbiyot qo‘mitasi raisi, Ukraina milliy terma jamoasi va boshqa sport turlari shifokori kabi tanilgan mutaxassis hisoblanadi.

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb