Yangi mavsumning ilk goli legioner tomonidan kiritildi

Bugun mamlakatimizning ikki shahrida Superliga-2021 mavsumining ilk tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Olmaliqda AGMK “Lokomotiv” jamoasini qabul qildi. O‘yinning uchinchi daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishdi. Muhimi, yangi mavsumning ilk goliga AGMKning gollandiyalik legioneri Elvin Fortes mualliflik qildi. Yakunda olmaliqliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Namanganda, ko‘pmingsonli muxlislar qarshisida kechgan uchrashuvda esa maydon egalari “So‘g‘diyona”ga bitta to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchradi.

Superliga-2021. 9 mart

AGMK – LOKOMOTIV - 2:1 (1:1)

Olmaliq. OKMK stadioni. 1000 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, G‘ayrat Jo‘raev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Elvin Fortes, 3 (1:0),  Sanjar Qodirqulov, 36 (1:1), Aleksandr Kasyan, 75 (2:1)

AGMK: Botirali Ergashev (Suhrobjon Sultonov, 39) Akromjon Komilov, Sardor Rahmonov (Vladimir Kozak, 12), Boburbek Yo‘ldoshev, Murodjon Toshmatov, Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan (Zafar Polvonov, 90+2), Sanjar Shoahmedov, Yovan Jokich, Dilshodbek Ahmadaliev, Elvin Fortes.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Islomjon Qobilov, Kaxi Maxaradze, Javohir Sidiqov (Sadriddin Abdullaev, 66), Marat Bikmaev, Azizbek Amanov  (Diyorbek Turopov, 65), Sanjar Qodirqulov, G‘ulom Haydar G‘ulomov (Javohir Alijonov, 79), Diego Florez, Shuhrat Muhammadiev, Xurshidbek Muhtorov, 

Ogohlantirishlar: Sanjar Tursunov, 5, Aleksandr Kasyan, 76 – Marat Bikmaev, 83, Xurshidbek Muhtorov, 83.


NAVBAHOR – SO‘G‘DIYoNA - 0:1 (0:1)

Namangan. "Markaziy" stadion. 17558 tomoshabin.

Hakamlar: Akobir Shukurullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Shohruz Norxonov, 35 (0:1)

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Quvondiq Ro‘ziev (Bahrom Abdurahimov, 54), Ehsoni Panshanbe, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Marko Putinchanin, Abbosjon G‘ulomov (Shohruh Mahmudxojiev, 57), Slavisha Stoyanovich (Islombek Isoqjonov, 73).

"So‘g‘diyona": Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Iskandar Shaykulov, Arslanmirat Amanov (Shohboz Jo‘rabekov, 63), Jamshid Boltaboev, Shohruz Norxonov (Oybek Nurmatov, 81), Jasur Hasanov (Javohir Qahramonov, 46), Ergash Ismoilov, Luka Cheremel, Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Islombek Isoqjonov, 89 – Elyor Orifov, 57, Shirinboy Abdullaev, 65, Shohboz Jo‘rabekov, 80.

mib
uzcard
cola
apex
bmb