“Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament” ikki tilda saytga joylandi

Saytimizning “Hujjatlar” bo‘limi ayrim sabablarga ko‘ra faol bo‘la olmagan. 2021 yilgi mavsumdan boshlab esa har qanday reglament yoki me’yoriy hujjat matni saytga joylab boriladi. 

Birinchi galda “Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament”ning lotin hamda kirill alifbosidagi, shuningdek, rus tilidagi variantini yuklab olishingiz mumkin. Mazkur Reglament FIFA talablari hamda qoidalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, futbolchi hamda u bilan bog‘liq qator masalalarni tartibga soladi. 2021 yildan boshlab unda ko‘rsatilgan talablarning bajarilishiga jiddiy e’tibor qaratiladi. 

Reglament klublarga 1 oy muqaddam jo‘natilgan. Tez orada u kitob ko‘rinishida nashr qilinadi hamda klublarga tarqatiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb