Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2020 yilning eng yaxshi ligalari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Coca Cola Superliga ushbu reytingning top-50 ligidan joy olgan holda, 48-o‘rinda qayd etildi. O‘tgan yilgi reytingga nisbatan 19 pog‘ona yuqorilagan milliy chempionatimiz Osiyo mamlakatlari orasida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Top-5
1. Italiya — 1026 ochko
2. Angliya — 1003
3. Braziliya — 964
4. Ispaniya — 954
5. Germaniya — 864
Osiyo mamlakatlari
20. Janubiy Koreya — 490,5
31. Saudiya Arabistoni — 372,5
38. Yaponiya — 340,5
43. Xitoy — 294,5
48. O‘zbekiston — 286
51. Eron — 280
55. Qatar — 248