O‘zbekiston Coca Cola kubogi finalida VAR tizimidan foydalaniladi

O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvida VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha O‘FA hamda FIFA mutaxassislarining o‘zaro muzokaralari ijobiy yakun topdi.

Tizimdan foydalanish bo‘yicha FIFA VAR platformasiga zarur me’yoriy hujjatlar o‘z vaqtida yuklandi. Shuningdek, video yordamchi hakamlar brigadasining O‘zbekiston U20 ayollar terma jamoasi va “Paxtakor-W” vakillari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida qayd etgan natijalari hisoboti FIFA tomonidan qabul qilindi.

Natijada FIFA Namangan shahrida o‘tadigan O‘zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvida VAR tizimini qo‘llashga ruxsat berdi. 

O‘FA Hakamlar va nazoratchilar bo‘limi ushbu bahsga quyidagi hakamlar brigadasini VAR uchun mas’ul etib belgiladi.

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR yordamchi hakami: Timur Gaynulin

VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev

mib
uzcard
cola
apex
bmb