O‘zbekiston Coca Cola kubogi. “Surxon” darvozasiga 4 ta to‘p kiritgan “Qo‘qon-1912” chorak finalga chiqdi

Hozirgina O‘zbekiston Coca Cola kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Coca Cola kubogi. 1/8 final

8 dekabr, seshanba

QO‘QON-1912 – SURXON 4:0 (0:0)

Qo‘qon. “Markaziy” stadion. 579 tomoshabin

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘raev, Ruslan Serazitdinov, Oybek Kallaxo‘jaev, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Zohid Akramov

Gollar: Sardorbek Azimov, 57 (1:0), Shohnazar Norbekov, 63 (2:0), Sobit Sindarov, 68 (3:0), Bobirjon Akbarov, 87 (4:0)
“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Sobit Sindarov, Jasurbek Yoqubov, Quvondiq Ro‘ziev (Oybek Rustamov, 46), Sardorbek Azimov, Avazxon Mamatxo‘jaev, Iqboljon Malikjonov (Bobirjon Akbarov, 82), Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov (Muhsinjon Normatov, 71), Murod Xolmuhammedov (Sardorjon Etovqo‘ziev, 71), Bek Abdullaev (Shohnazar Norbekov, 46).

“Surxon”: Davron Merganov, Rahmatullo Berdimurodov (Otabek Mustafoqulov, 73), Nizomjon Norov, Dilshod Rashidov, Farhod Mamatqulov, Bexruz Qulmatov (Sanjarbek Ahmedov, 46), Nurmuhammad Nomozov, O‘ral Choriev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Shahzod Tairov, Asadbek Hamzaev.

Ogohlantirishlar: Yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb