“Zomin” Pro ligani tark etdi

Hozirgina Pro liga 20-turidan o‘rin olgan “Xorazm” hamda “Zomin” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Urganchdagi “Yoshlik” sport majmuasida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, “Xorazm” hisobidagi ochkolar soni 21 taga etdi va turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endi Aleksandr Ejov shogirdlari Birinchi ligada 2-pog‘onani egallagan jamoa bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.
19 ochkosi bor “Zomin” esa musobaqa jadvalida so‘nggi, 8-o‘rinni egallab Pro ligani tark etdi.

Pro liga. 20-tur

30 noyabr, dushanba

XORAZM – ZOMIN 2:0 (0:0)

Urganch. “Yoshlik” sport majmuasi. 172 tomoshabin

Hakamlar: Elyor Tursunov, Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov, Dilshodbek Jumaniyozov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Sardorbek Matmuratov, 74 (1:0), Hurmatbek Yuldashev, 90+4 (2:0)

"Xorazm": G‘ayratjon O‘daev, Ravshanbek Sultonov, Jasur Otajonov, Temur Masharipov, Farrux Xaydarov, Temurbek Ismoilov (Dadaxon Yusupov, 90+3), Damir Nizanov, Timur Bekchanov (Hurmatbek Yuldashev, 90+3), Sardorbek Matmuratov, Habibulla Matyoqubov (Norxon Sheripov, 58), Mirjalol Qurbonov.

"Zomin": Islomjon Asrolov, Ozodbek Rajabov, Mirjalol Suyunov, Eldor Karimov, Doniyor Inomov, Dilshod Xushbaqov (Rabbim Hasanov, 85), Otabek Axmatjonov, Jonibek Ko‘chimov, Abdumutal Tursunqulov, Maradona Safarov, Farrux Xojibekov (Lutfullo Fayzullaev, 81).

Ogohlantirishlar: Mirjalol Qurbonov, 31, Ravshanbek Sultonov, 69, Ne’matjon Madaminov, 90+4, Norxon Sheripov, 90+4, Mahmud Qalandarov, 90+4, Hurmatbek Yuldashev, 90+5 - Abdumutal Tursunqulov, 17, Ozodbek Rajabov, 66, Islomjon Asrolov, 75, Dilshod Xushbaqov, 84.

Chetlatish: Islomjon Asrolov (o‘yindan keyin).

mib
uzcard
cola
apex
bmb