Pro liga. “Neftchi” so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi

Bugun Pro ligada 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi o‘z maydonida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini qabul qildi va so‘nggi daqiqada kiritilgan yagona gol evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Pro liga. 18-tur (1–4-o‘rinlar)

20 noyabr, juma

NEFTChI – ShO‘RTAN 1:0 (0:0)

Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 302 tomoshabin

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Farruh Yuldashev, Otabek Qosimov, Muhammadsulton Fozilov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Zohid Akramov

Gollar: Dostonbek Toshmatov, 90+3 (1:0)

“Neftchi”: Sherzodbek Abduraimov, Mirjalol Ne’matov, Eldor Ergashev (Jamshidbek To‘raqulov, 70), Islomjon Toshpo‘latov, Jamshid Qobulov, Dostonbek Toshmatov, Javohirbek Rasulov (Sanjarbek Zokirov, 60), Dilyorbek Irmatov (Anvarjon Xojimirzaev, 80), Doston Avazbekov (Otabek Zokirov, 46), Rustamjon Abduhamidov, Shodiyor Xojimatov (Sirojiddin Allaev, 80).

“Sho‘rtan”: Akmal Rahimov, Shamsiddin Sagdullaev, Xudoyorxon Sagdullaev, Shokir Yuldashev, Elyor Omonjonov (Xolmurod Xolmurodov, 65), Samandar Shodmonov (Faxriddin Alimov, 46), Sherbek Eshmurodov, Sanjar To‘raqulov, Jahongir Qurbonboev (Islom Boysariev, 65), Shahboz Jo‘raev, Asadbek Samariddinov (Jasur Xolto‘raev, 46).

Ogohlantirishlar: Dilyorbek Irmatov, 6, Jamshid Qobulov, 51, Sanjarbek Zokirov, 75 – Sherbek Eshmurodov, 9, Faxriddin Alimov, 75, Shamsiddin Sagdullaev, 90+4.

mib
uzcard
cola
apex
bmb