Oliy liga. “Bunyodkor-W” — ikki karra O‘zbekiston chempioni

Bugun ayollar Oliy  ligasi yuqori oltiligida 15-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Toshkentning “Bunyodkor-W” jamoasi o‘z maydonida “Metallurg-W”ni qabul qildi va Lyudmila Karachikning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alaba “qaldirg‘ochlar”ga muddatidan oldin chempionlikni ta’minladi. Boisi, 2-o‘rinda borayotgan “Sevinch” bu tur Qarshida “So‘g‘diyona-W”ni enga olmadi va chempionat bahslari tugashiga bir tur qolganida peshqadam bilan oradagi farq 6 ochkoga etdi va “Bunyodkor-W” jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor O‘zbekiston chemionligini qo‘lga kiritdi.

Oliy liga. 15-tur (1–6-o‘rinlar)

17 noyabr, seshanba

BUNYoDKOR-W METALLURG-W 1:0 (1:0)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi. 73 tomoshabin

Hakamlar: Edita Mirabidova, Kristina Sereda, Manzura Mangetbaeva, Rustam Tagaev

Nazoratchi: Mo‘minjon Majidov

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Lyudmila Karachik, 45+2 (1:0)

Ogohlantirishlar: Yo‘q —Ilvina Ablyakimova, 45, Rushaniya Safina, 67.


SEVINCh – SO‘G‘DIYoNA-W 0:0

Qarshi. “Mehnatchi” stadioni. 95 tomoshabin

Hakamlar: Shuxrat Rajabov, Akmal G‘iyosov, Aleksandr Burov, Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Hushvaqt Muxtorov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Ogohlantirishlar: Maftuna Panjieva, 78 – Nafisa Nabiqulova, 68

Chetlatish: Feruza Boboxo‘jaeva, 75 (qizil kartochka).


PAXTAKOR-W – AGMK-W 1:0 (1:0)

Toshkent. “Chilonzor” stadioni. 26 tomoshabin

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova, Nikita Mustafin

Nazoratchi: Shuxrat Bozorov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Durdona Baxtiyorova, 27 (1:0)

Ogohlantirishlar: Yulduz Hamdamova, 7, Umida Xatamova, 90+2 – Leyla Oraniyozova, 75

Chetlatish: Yulduz Hamdamova, 59 (ikkinchi sariq).


Ayollar chempionatida g‘olib chiqqan jamoalar

1995 – “Chehra” (Toshkent)

1996 – “Baho” (Toshkent)

1997 – “Andijanka” (Andijon)

1998 – “Dilnoza” (Toshkent)

1999 – “Andijanka” (Andijon)

2000 – “Andijanka” (Andijon)

2001 – “Gulbahor” (Namangan)

2002 – “Andijanka” (Andijon)

2003 – “Andijanka” (Andijon)

2004 – “Sevinch” (Qarshi)

2005 – “Andijanka” (Andijon)

2006 – “Sevinch” (Qarshi)

2007 – “Sevinch” (Qarshi)

2008 – “Sevinch” (Qarshi)

2009 – “Sevinch” (Qarshi)

2010 – “Sevinch” (Qarshi)

2011 – “Sevinch” (Qarshi)

2012 – “Sevinch” (Qarshi)

2013 – “Sevinch” (Qarshi)

2014 – “Sevinch” (Qarshi)

2015 – “Sevinch” (Qarshi)

2016 – “Sevinch” (Qarshi)

2017 - "Metallurg-W" (Bekobod)

2018 – “Bunyodkor-W” (Toshkent)

2019 – “Sevinch” (Qarshi)

2020 – “Bunyodkor-W” (Toshkent).

mib
uzcard
cola
apex
bmb