Coca Cola Superliga. “Navbahor” Navoiyda “Qizilqum”ni mag‘lub etdi

Hozirgina Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Navoiydagi “Yoshlar” stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Coca Cola Superliga. 22-tur

2 noyabr, dushanba

QIZILQUM – NAVBAHOR 0:2 (0:1)

Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi. 243 tomoshabin

Hakamlar: Asker Najafaliev, Abduamidullo Rasulov, Aleksandr Sidorov, Ilya Ilin

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Zohid Akramov

Gollar: Aziz Turg‘unboev, 36 (0:1), Aziz Turg‘unboev, 62 (0:2)

“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Suxrobjon Yarashov, Vladislav Kasminin, Erkin Baydullaev, Oybek Qilichev (Jasur Azimov, 21), Ruslan Margiev, Alisher Sanoev, Salim Mustafoev (Sherzod Qodirov, 30, Vohid Shodiev, 46), Ibrohim Tomiva, Oleg Tolmasov, Jamshid Hasanov (Ilhomjon Kenjaev, 84).

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, G‘iyosjon Komilov, Javlon Ibrohimov, Ivan Solovyov (Abbos G‘ulomov, 86), Azizbek Turg‘unboev, Sardor Telyakov, Xurshidbek Muxtorov, Toxirjon Shamsitdinov, Dostonbek Abdulhaev (Mirzohid Mirzamahmudov, 66), Ruslan Bolov (Islombek Isoqjonov, 86), Zabixullo O‘rinboev (Islom Rashidxonov, 79).

Ogohlantirishlar: Jamshid Hasanov, 47, Suxrobjon Yarashov, 53 – Aziz Turg‘unboev, 76.

mib
uzcard
cola
apex
bmb