Pro liga. Ligada qolish uchun kurash olib boruvchi jamoalarning keyingi taqvimi ma’lum

Pro ligada qolish uchun kurash olib boradigan to‘rt klubi nomi aniq bo‘ldi: “Istiqlol”, “Oq-Tepa”, “Xorazm”, “Zomin”. 

O‘zPFL mazkur to‘rt klub vakillari bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi va taqvim borasida klublar takliflari bilan qiziqdi. E’tibor qaratilsa, mazkur to‘rt klubning  biri Farg‘onada va yana biri Urganchda joylashgan. 

Shundan kelib chiqib, “Xorazm” va “Istiqlol” jamoalari bir borishda ketma-ket uchta safar o‘yinini o‘tkazib kelishi moliyaviy tomondan engilroq variant deb topildi. Bu nafaqat mablag‘ni, balki vaqtni ham nisbatan iqtisod qilish imkoniyatini beradi. 

Mazkur taklifdan kelib chiqib, qur’a tashlash marosimi onlayn tarzda tashkil etildi. Bunda avvaliga ushbu ikki jamoaning qaysi biri birinchi davra bahslarini o‘z maydonida o‘tkazishiga oydinlik kiritib olindi.
Unga ko‘ra, “Istiqlol” jamoasi birinchi davra bahslarini o‘z maydonida, “Xorazm” esa safarda o‘tkazadigan bo‘ldi. 

15-TUR
6 noyabr, juma

OQTEPA — XORAZM

ISTIQLOL — ZOMIN 


16-TUR

9 noyabr, dushanba 

ISTIQLOL — XORAZM

OQTEPA — ZOMIN


17-TUR

13 noyabr, juma 

ZOMIN — XORAZM


14 noyabr, shanba 

ISTIQLOL — OQTEPA 


18-TUR

22 noyabr, yakshanba 

XORAZM — OQTEPA

ZOMIN — ISTIQLOL 


19-TUR

26 noyabr, payshanba

ZOMIN — OQTEPA

XORAZM — ISTIQLOL


20-TUR

30 noyabr, dushanba 

OQTEPA — ISTIQLOL

XORAZM — ZOMIN

mib
uzcard
cola
apex
bmb