Pro liga. Elita uchun kurashuvchi jamoalarning keyingi taqvimi ma’lum

Kecha — 29 oktyabr kuni Coca Cola Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiruvchi Pro liganing to‘rt klubi nomi aniq bo‘ldi: “Neftchi”, “Sho‘rtan”, “Turon”, “Dinamo”. 

O‘zPFL kecha oqshom mazkur to‘rt klub vakillari bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi va taqvim borasida klublar takliflari bilan qiziqdi. E’tibor qaratilsa, mazkur to‘rt klubning ikkitasi Farg‘onada va yana ikkitasi bir-biriga nisbatan yaqinroq bo‘lgan Samarqand hamda G‘uzorda joylashgan. 

Shundan kelib chiqib, voha jamoalari vodiyga bir borishda ketma-ket ikki uchrashuvni o‘tkazib kelishi, shuningdek, vodiy jamoalari ham bir safar davomida vohada ikki o‘yinda ishtirok etishi moliyaviy tomondan engilroq variant deb topildi. Bu nafaqat mablag‘ni, balki vaqtni ham nisbatan iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, translyatsiya masalasida ham engilliklar yaratadi. 

Mazkur taklifdan kelib chiqib, qur’a tashlash marosimi onlayn tashkil etildi. Bunda avvaliga I davra uchrashuvlari vohada bo‘lib o‘tadimi yoki vodiyda masalasiga oydinlik kiritib olindi. 

Keyin esa raqiblar ketma-ketligi aniqlab olindi. Bunda har ikki davraning dastlabki ikki turida jamoalardan biri translyatsiya masalasidan kelib chiqib, tiklanish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lardi. Aynan ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lgan klub ko‘p narsaga oydinlik kiritib berishi kerak bo‘lgan so‘nggi turni mehmonda o‘tkazishi, tiklanish uchun kamroq vaqtga ega bo‘lgan klub esa so‘nggi turni o‘z uyida o‘tkazishiga avvaldan kelishilgandi. Qur’a bu masalaga ham oydinlik kiritdi.

Quyida noyabr oyidagi o‘yinlar taqvimi bilan tanishib olishingiz mumkin. Musobaqaning tezroq tugashi shuning uchun ham kerakki, Pro liganing ikki jamoasi keyinroq O‘zbekiston Coca Cola kubogida ishtirok etadi. 

Ma’lumot uchun, Pro liganing jon saqlab qolish yo‘lida kurash olib boradigan jamoalarining keyingi taqvimi ertaga ishlab chiqiladi. Buning uchun bugun bo‘lib o‘tadigan “Xorazm” — “Zomin” uchrashuvi o‘tkazib olinishi hamda uning vakillari O‘zPFL bilan onlayn yig‘ilishda ishtirok etishi kerak bo‘ladi. 

15-tur

5 noyabr, payshanba

DINAMO — TURON 


6 noyabr, juma 

ShO‘RTAN — NEFTChI


16-tur

9 noyabr, dushanba

ShO‘RTAN — TURON 


10 noyabr, seshanba 

DINAMO — NEFTChI 


17-tur

14 noyabr, shanba

DINAMO — ShO‘RTAN 


15 noyabr, yakshanba

TURON — NEFTChI 


18-tur 
19 noyabr, payshanba

TURON — DINAMO


20 noyabr, juma

NEFTChI — ShO‘RTAN


19-tur

23 noyabr, dushanba

NEFTChI — DINAMO 


24 noyabr, seshanba

TURON — ShO‘RTAN 


20-tur

29 noyabr, yakshanba

NEFTChI — TURON 

ShO‘RTAN — DINAMO

mib
uzcard
cola
apex
bmb