“Andijanka” futbol klubi haqida ma’lumot

O‘zPFL qoshida shifokorlardan tuzilgan maxsus komissiya talabiga ko‘ra, ayollar Oliy va Birinchi liga jamoalari ham IgG va PZR testlari topshirishi haqida xabar bergan edik. 

Shunday test jarayonida qatnashayotgan “Andijanka” klubining bir necha a’zolarida koronavirus infektsiyasi aniqlangan va shu boisdan klub a’zolari extiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan edi.  Natijada, ayollar Oliy ligasi 5-turi doirasidagi “Andijanka”– “Bunyodkor-W” uchrashuvi, shuningdek “Andijanka”ning 4-turdagi “Paxtakor-W”ga qarshi uchrashuvi ham qoldirilgan edi. 

"COVID-19 tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda karantin davridan chiqish vaqtida 2020 yilgi Superliga, Pro liga va Birinchi liga jamoalari o‘rtasida mashg‘ulot jarayoni va O‘zbekiston chempionati hamda kubogi uchrashuvlarini davom ettirish Reglamenti"ga asosan “Andijanka” klubi futbolchi qizlarining karantin muddati yakuniga etmoqda. Shu sababli klub 30 sentyabrga qadar futbolchilarining antitanachalar xosil bo‘lganligiga topshirgan testi natijalarini O‘zPFL komissiyasiga taqdim etishi lozim bo‘ladi. Agar test natijalari o‘z vaqtida taqdim qilinmasa, jamoaga keyingi uchrashuvda texnik mag‘lubiyat yoziladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb