“Istiqlol”, “Neftchi”, “Turon” va “Buxoro” klublari jiddiy ogohlantirildi

O‘zPFL qoshida tashkil etilgan Komissiya test natijalari borasida bir qator kamchiliklarni aniqladi. Bunga asosiy sabab sifatida klublarda talab darajasidagi shifokorlarning yo‘q ekanligi yoki ayrim holatlarda ular o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshmayotganligini ko‘rsatish mumkin. 

Pandemiya tufayli O‘zPFL futbol klublariga yordam berish maqsadida ayol futbolchilarni testdan o‘tkazish masalasida O‘FAdan yordam so‘ragandi. Bosh tashkilot har bir davra uchun alohida hamda kubok bellashuvlari uchun yana bir marta futbolchi qizlarni bepul testdan o‘tkazish harajatlarini ko‘tarishga rozi bo‘ldi. Mana shunday holatda ham “Buxoro” futbol klubi e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ydi. 

“Neftchi” klubi Komissiyaga taqdim etilgan ma’lumotlarda xatoga yo‘l qo‘ygan. Ammo 1 kun ichida mazkur xato tuzatilgan. 

“Istiqlol” hamda “Turon” klubi shifokorlari esa Komissiyani chalg‘itshga uringan. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zPFL hujjatlarda ko‘rsatilgan tashkilotlar bilan aloqaga chiqdi hamda yo‘l qo‘yilgan xatolarga aniqlik kiritib oldi. 

O‘zPFL mazkur holatlar qayta takrorlanmaslik sharti bilan yuqoridagi jamoalarni jiddiy ogohlantiradi. Kelgusida bu kabi ishlar kechirilmaydi hamda ish ko‘rib chiqish uchun tegishli qo‘mitaga oshiriladi. 

Biz barcha jamoalardan o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishni so‘raymiz. Ayni holatda Superliga hamda Pro liga uchrashuvlarining uzulishsiz davom etayotganida Komissiya hamda Reglament talablarining o‘rni bor ekanligini, salomatligimiz masalasi har qanday natijadan ustunroq ekanligini unutmaylik.

mib
uzcard
cola
apex
bmb