Futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnomalar yanada tartibga keltiriladi

O‘zPFL hamda O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan memorandum imzolaganidan xabaringiz bor.
 
Bugun — 8-sentyabr kuni mazkur ikki tashkilotning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda klub va  futbolchilar o‘rtasidagi shartnomalar, ulardagi bandlarga tuzatishlar kiritish kabi masalalar muhokama qilindi. Bunda futbolchi va klub munosabatlarini tartibga solish, har ikki sub’ektning huquq hamda majburiyatlarini yanada konkretlashtirish kabi masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, “Futbolchilar maqomi va klubdan klubga o‘tishi to‘g‘risida reglament”ning o‘zbek tilidagi nashri masalasida fikr almashildi. Shartnomalarda aks etgan bandlarning mazkur reglament, qo‘shimchasiga “Tartib-intizom reglamenti” orqali tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat futbolchilar va klublar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi, bir necha yillardan buyon kurtak yozgan ayrim muammolarni hal qilish imkonini beradi.

Ta’kidlash lozim, O‘zPFL ikki yildan buyon mazkur masala va undagi muammolarni tartibga keltirish yuzasidan jiddiy ish olib bormoqda. Buning samarasi o‘laroq bir qator muammolar o‘z echimini topib ulgurdi. Endigi vazifa esa futbolchining klub oldidagi, klubning esa futbolchi oldidagi javobgarligini professional bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb