Coca Cola Superliga, 14-tur: “Navbahor” – “Paxtakor” 1:1

Coca Cola Superligasi 14-turi doirasida peshqadam “Paxtakor” Namanganda “Navbahor”ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Coca Cola Superliga. 14-tur

1 sentyabr, seshanba

NAVBAHOR – PAXTAKOR 1:1

Namangan. “Navbahor” o‘yingohi

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Igor Sergeev, 12 (0:1), Azizbek Turg‘unboev, 73 (1:1)

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, G‘iyosjon Komilov, Ivan Solovyov (Akramjon Baxritdinov, 83), Azizbek Turg‘unboev, Sardar Telyakov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Toxirjon Shamsitdinov (Xurshidbek Muxtorov, 46), Abbosjon G‘ulomov (Islombek Isoqjonov, 46), Pavel Golishev (Ruslan Bolov, 67), Zabixullo O‘rinboev (Islom Rashidxonov, 83).

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeev (Eren Derdiyok, 80), Egor Krimets, Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 74), Odiljon Xamrobekov, Sardor Sobirxo‘jaev, Farrux Sayfiev.

Ogohlantirishlar: Igor Golban, 55 – Anzur Ismoilov, 53, Dostonbek Hamdamov, 57, Odiljon Xamrobekov, 81.

mib
uzcard
cola
apex
bmb