Legionerlari bilan xayrlashgan “Buxoro” o‘z safiga 2 nafar futbolchi qo‘shib oldi

Bilasiz, 10 avgustdan e’tiboran O‘zbekistonda 2020 yilgi yozgi transferlar oynasi ochilgan.  Ayni paytda jamoalar tarkibida ayrim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Buxoro” klubi sharafini himoya qilgan 4 nafar legioner – Artyom Baranovskiy, Milovan Kapor, Jaba Lipartiya hamda Edin Yunuzovich karantin boshlanganidan so‘ng klub ixtiyoriga qaytib kelishmadi. Mazkur futbolchilar bilan ikki tomonlama kelishgan holda “Buxoro” futbol klubi o‘rtadagi shartnomalarni bekor qildi va ularni PFL ro‘yxatidan chiqardi. 

Shuni inobatga olgan holda “Buxoro”liklarga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon berildi. Natijada klub “Nasaf” himoyachisi Ilhom Alijonovni mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Shuningdek, “Oq-tepa” safida to‘p surib kelgan Maksimilian Fomin bilan ham yil so‘ngiga qadar mo‘ljallangan shartnoma tuzildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb