Pro liga 30 avgustdan boshlab tiklanadi

Pro liga 3-turidan qolib ketgan “Xorazm” — “Dinamo” o‘yini 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga Samarqand shahri mezbonlik qiladi. 

Ayni kunlarda “Neftchi”, “Istiqlol” va “Xorazm” uy stadionlaridan davlat test imtihonlari uchun foydalanilmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Pro liganing hozircha uch uchrashuvida mezbon jamoa nomini o‘zgartirdi. Kelishuvga ko‘ra, mazkur uch uchrashuv mezbonlari avval mehmonda, ikkinchi davrada esa o‘z maydonida harakat qiladi:   

“Dinamo” — “Xorazm”
“Sho‘rtan” — “Neftchi”
“Oqtepa” — “Xorazm”

Hozirgacha Pro liganing 4 hamda 5-tur uchrashuvlari sanalariga aniqlik kiritilgan. Sir emaski, 12 sentyabr sanasida kuchli beshlik milliy chempionatlari ham start oladi. Pro liga uchrashuvlari translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritgan UzReport tez orada sentyabr oyi uchun rejalarini taqdim etadi va birgalikda keyingi turlar vaqtlari ham ishlab chiqiladi. 

3-tur
30 avgust, yakshanba 
Dinamo — Xorazm 

4-tur
2 sentyabr, chorshanba
Sho‘rtan — Neftchi 
Oqtepa — Xorazm

3 sentyabr, payshanba
Turon — Istiqlol
Dinamo — Zomin

5-tur
6 sentyabr, yakshanba
Sho‘rtan — Xorazm

7 sentyabr, dushanba
Zomin — Turon 
Oqtepa — Dinamo 

8 sentyabr, seshanba
Istiqlol — Neftchi

mib
uzcard
cola
apex
bmb