Coca Cola Superliga vakillari Ig G va PZR testlarini topshiradi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilishini ta’minlash, COVID-19 pandemiyasi davrida futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar sog‘lig‘i holatini nazorat qilish uchun malakali shifokorlardan iborat Komissiya tashkil etdi.

Komissiya a’zolari Coca Cola Superliga klublari shifokorlari bilan onlayn videomuloqot o‘tkazib, karantinda davridagi barcha zarur tadbirlarni batafsil tushuntirdi. Bunda futbol uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha O‘zPFL tomonidan ishlab chiqilgan maxsus Reglamentga to‘la rioya etish birlamchi vazifa hisoblanadi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, chempionat va mashg‘ulotlar to‘laqonli davom ettirilishi uchun klublar tomonidan quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilandi:

 

Ig G’ni aniqlash bo‘yicha test topshirgan klublar:

1) Komissiyasiga o‘sha test javoblarini taqdim etadi;

2) Test natijasi musbat chiqqan futbolchilar Toshkentda markazlashtirilgan funktsional holatni aniqlash bo‘yicha ko‘rikdan o‘tadi;

3) Ig G natijasi manfiy chiqqan futbolchilar va klubning boshqa vakillari qo‘shimcha PZR testini topshiradi.

 

Ig G’ni aniqlash bo‘yicha test topshirmagan klublar:

1) Jamoaning markazlashtirilgan o‘yinlarga tashrif buyuradigan futbolchi, murabbiy hamda xodimlarini Ig G’ni aniqlash bo‘yicha testdan o‘tkazadi;

2) Test natijalari musbat chiqqan futbolchilar Toshkentda funktsional holatni aniqlash bo‘yicha ko‘rikdan o‘tadi;

3) Ig G natijasi manfiy chiqqan qolgan barcha vakillar qo‘shimcha PZR testini topshirishadi.

 

O‘zPFL Komissiyasi har bir futbolchining holatidan kelib chiqib, ularning keyingi harakatlarini belgilab beradi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb