Futzal klublariga zallarda mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat berildi

Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra 4 iyun sanasidan O‘zPFL tasarrufidagi barcha futzal jamoalariga ochiq havoda mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat etilgan edi. Respublika maxsus komissiyasining 3 iyundagi 27-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va SEOA bilan kelishilgan holda COVID-19 pandemiyasi davrida hududlarda sanitariya qoida va me’yorlari asosida sport zallarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va musobaqalar o‘tkazilishiga ruxsat berildi. Bunda mashg‘ulotlar va musobaqalar muxlislarsiz o‘tkaziladi.

Shu munosabati bilan barcha futzal jamoalari belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qatiy rioya qilgan holda zallarda mashg‘ulotlarni boshlashiga ruxsat etildi.  Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy liga va Birinchi liga musobaqalari boshlanish muddatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Yuqorida futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy ligasi 2-tur uchrashuvlari anonsi ilova qilindi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb