Bahrom Haydarov: Birinchi gol rejalarimizni o‘zgartirib yubordi

Coca Cola Superliga 6-turidan  o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" va "Surxon" (3:0) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Maydonda bugun ikki teng kuchga ega bo‘lgan jamoalar harakat qildi, deb o‘ylayman birinchi bo‘limda. Bugun kim birinchi bo‘lib gol ursa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonishi ko‘rinib turgandi. Bu narsaga qo‘qonliklar erishishdi va maydon egalari g‘alaba qozonishdi. 

Birinchi gol rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Superligada har bir bahsda g‘alaba qozonishimiz mumkin. Bizda ikkita teng kuchli tarkibimiz bor. Hamma o‘z maydonida g‘alaba qozonishni o‘ylaydi. “Paxtakor” bilan o‘yinda ham yaxshi natijaga erishishni istaymiz. Mag‘lubiyatga uchrayotganimizga qandaydir sabablar bordir. Lekin jamoamiz kerakli ochkolarni olishiga ishonaman", - dedi Haydarov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb