Andrey Shipilov: “Lokomotiv” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ishtiyoqimiz yuqori edi

Coca Cola Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Andijon" va "Metallurg" (0:2) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘tgan turdagi g‘alabadan keyin ishtiyoqimiz yuqori edi. Bugungi raqib bilan o‘tgan turda bir kunda o‘ynagandik, shu sababli, ikki klubda ham dam olish kuni bir xil edi. Maydon haqida hech narsa demayman, faqat chimlari o‘sgan edi. Shu narsa qiyinchilik tug‘dirdi. Ikkinchi bo‘limda havo harorati biroz pasaygani uchun o‘ynash oson bo‘ldi. Umuman olganda, bugungi o‘yindan qoniqdim. “Lokomotiv” bilan o‘yindan keyin yutqazishimizga haqqimiz yo‘q edi”, – dedi Shipilov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb