“Andijon” – “Metallurg”. O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Bugun Coca Cola Superliga 5-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tadi. Viktor Kumikov boshqaruvidagi “Andijon” jamoasi o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qiladi.
Mazkur jamoalar hozirga qadar chempionat doirasida 36 bor o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lib, kichik ustunlik bekobodliklar tarafida. 14 bahsda Toshkent viloyati vakillari zafar quchgan bo‘lsalar, 12 uchrashuvda “burgutlar” g‘alabani qo‘lga kiritishgan. 10 ta o‘zaro bahsda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati 60-54, “Metallurg” foydasiga.

Andijonliklarning “ma’danchilar” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 4:1 ni tashkil etadi. “Metallurg” 2015 yilgi mavsumda “Andijon”ni 5:1 hisobida mag‘lub etgan va bu bekobodliklarning o‘zaro bellashuvlardagi eng yirik g‘alabasi sanaladi.

Ma’lumot uchun, ushbu qarama-qarshilik soat 19:00 da “Mahalla” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me’yorlari sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb