“Lokomotiv” – “So‘g‘diyona”. O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Bugun Coca Cola Superligada 5-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bu tur o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar chempionat doirasida hozirga qadar 24 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, ustunlik “temiryo‘lchilar” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarning 17 tasida poytaxtliklar zafar quchishgan, 3 ta bahsda jizzaxliklarning qo‘li baland kelgan. 4 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.  To‘plar nisbati – 56:12, “Loko” foydasiga.

“Temiryo‘lchilar”ning “So‘g‘diyona” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 7:0, “So‘g‘diyona”ning “Lokomotiv”ga qarshi bellashuvlarda qozongan eng yirik g‘alabasi esa 2:0 ni tashkil etadi.

Ushbu qarama-qarshilik soat 19:00 da “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me’yorlari sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb