Tachmurod Agamurodov: Birinchi goldan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi

Coca Cola Superliga 5-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Qizilqum” (4:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Tachmurod Agamurodov uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shogirdlarim bir yarim taym yaxshi o‘ynashdi. Afsuski, birinchi goldan keyin hammasi o‘zgarib ketdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirishlari kerak edi. Ammo unday bo‘lmadi.

Uch daqiqada uch gol o‘tkazib yuborishni tushunish qiyin. Jamoani bunga haqqi yo‘q edi. 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotganingda , hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat bo‘ladi, biz esa aksincha 3 ta gol o‘tkazib yuborik.  Bugun har tomonlama raqibga yutqazib qo‘ydik. “Qo‘qon-1912”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman”, - dedi Agamurodov

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati

mib
uzcard
cola
apex
bmb