24 dekabr kuni O`FA hamda PFL yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi

O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi hamda Professional Futbol Ligasi odatga ko`ra yil yakunida yil futbolchisi va murabbiylarini, shuningdek turli nominatsiyalar bo`yicha laureatlarni aniqlab keladi. Bu yil ham kuchlilar yil davomida ovoz berish yo`li orqali aniqlab borildi. 

Eng yaxshilarni aniqlash va ularni taqdirlash marosimi esa 24 dekabr kuni Toshkentdagi “Zarafshon” zalida o`tkaziladi. Unda turli nominatsiyalar bo`yicha yil laureatlari, jumladan, O`zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi, O`zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi, eng yaxshi ayol futbolchi, eng yaxshi futzalchi, eng yaxshi yosh futbolchi, eng chiroyli gol, Fair Play, eng yaxshi muxlislar jamoasi bilan bir qatorda, futbolga munosib hissa qo`shgan bir qator fidoiylar ham taqdirlanishi ko`zda tutilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb