Futzal. AGMK va “Paxtakor” yarim finalda

Bugun futzal bo`yicha XXIII O`zbekiston milliy chempionati chorak final uchrashuvlari davom ettirildi. Amaldagi chempion AGMK “Metallurg”ni 10:3 hisobida, “Paxtakor” esa “Maksam-Chirchiq”ni 6:3 hisobida mag`lub etib, yarim final  yo`llanmasiga ega chiqdi.

Ikkinchi kungi natijalar

NAVBAHOR – SO`G`DIYoNA 14:5

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Umid Po`latov, Farruh Muzaffarov, Murodxon A`zamjonov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Gollar: Farhod Shokirov (3, 9, 12), Dovudxon Sadriddinov (11, 20), Isoxon Ibragimov (18, 19, 20, 25, 39, 40, 40), Hakimjon Abdurashidov (25), Abdullo O`rinboev (39) – Ravshan Ismatullaev (2), Ahmadjon Mamadaliev (2, 17), Nodir Eliboev (24), Shohjahon Shonazarov (39)

Ogohlantirishlar: Dovudxon Sadriddinov, 9 – Ravshan Ismatullaev, 20, Ahmadjon Mamadaliev, 20.

 

MAKSAM-ChIRChIQ – PAXTAKOR 3:6 (asosiy vaqt 2:2)

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Askarbay Arzibekov, Xushnud Atamuratov, Sergey Petrov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Gollar: Elbek To`lqinov (10), Konstantin Sviridov (33), Maksim Gulyaev (49) – Dilmurod Shavkatov (10), Avazbek Abduvaliev (17, 42, 46), Farhod Abdumavlonov (43), Maqsud Fayzullaev (45)

Ogohlantirishlar: Yo`q.

 

LOKOMOTIV – NASAF 4:8 (asosiy vaqt 4:4)

Hakamlar: Xushnudbek Atamuratov, Sanjar Nazirov, Umid Po`latov, Sergey Petrov

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Gollar: Sarvar Shoahmedov (17), Mirzohid Haydarxo`jaev (33, 33), Abbos Elmurodov (44) – Sunnatulla Jo`raev (8, 14 penalti, 46), Samandar Ochilov (12, 48), Tohir Abdurazzoqov (32, 46), Oybek Polvonov (50)

Ogohlantirishlar: Klim Tyugaev (17) – yo`q.

 

AGMK – METALLURG 10:3

Hakamlar: Jamoliddin Qosimov, Sultonmurod Abdurahmonov, Farrug` Muzaffarov, Murodxon A`zamjonov

Nazoratchi: Sherqul Allaev

Gollar: Alan Aminov (2, 27), Dilshod Rahmatov (8, 39),  Akbar Usmonov (8, 23), Husniddin Nishonov (11), Anasxon Rahmatov (17), Ixtiyor Ropiev (33), Ilhomjon Xamroev (33) – Alisher Ibragimov (6), Javohir G`ofurov (37), Sardor Inomjonov (39)

Ogohlantirishlar: Yo`q – Aliakbar Bayburin, 36.

mib
uzcard
cola
apex
bmb