Ayollar futboli. O`zPFL Kubogi: “Surxon-W” – Buxoro-W 1:0

Olmaliq shahrida ayollar o`rtasida O`zPFL  Kubogining 5-7-o`rinlar uchun bahslari davom etmoqda. Farg`onaning "Neftchi" jamoasi sababsiz musobaqaga etib kelmaganligi uchun turnirda uchta jamoa ishtirok etyapti. Kecha Termizning "Surxon" jamoasi maydon egalari AGMK-W2 jamoasini 2:1 hisobida mag`lub etib, imkoniyatlarini yaxshilab olgan edi.

Bugun tur o`yinlari davom etdi. Unda "Surxon-W" va "Buxoro-W" jamoalari o`zaro kuch sinashishdi. Uchrashuvning 73-daqiqasida buxoroliklar jarima maydonlari ichida o`yin qoidasini buzishdi. 11 metrli jarima zarbasini esa Dilafruz Toshpo`latova aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Shu tariqa termizliklar muddatidan oldin beshinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

Ertaga bo`lib o`tadigan "Buxoro-W" va AGMK-W2 jamoalari uchrashuvi oltinchi o`rin egasini aniqlab beradi.  Musobaqa g`olibligi uchun kechadigan asosiy bahslar esa 14 noyabr kuni start oladi. Unda "Navbahor" (Namangan), "Andijanka" (Andijon), "Dinamo" (Samarqand) hamda "Sho`rtan" (G`uzor) jamoalari kuarsh olib borishadi.

Ayollar futboli bo`yicha O`zPFL kubogi

12 noyabr, seshanba

SURXON-WBUXORO-W 1:0

Olmaliq. OKMK sport majmuasi 31 tomoshabin

Hakamlar: Kristina Borisova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova

Nazoratchi: N. Ro`zimov

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Dilafruz Toshpo`latova, 73 penaltidan (1:0)

 

Ogohlantirishlar: Fazilat Merganova, 53 – yo`q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb