“Paxtakor” – Coca-Cola O`zbekiston kubogi sohibi

Bugun “Paxtakor” hamda AGMK jamoalari o`rtasida Coca-Cola O`zbekiston final uchrashuvi bo`lib o`tdi. Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida kechgan bellashuvda “sherlar” 3:0 hisobidagi yirik g`alabani qo`lga kiritishdi.

E`tiborlisi, mazkur bahsdagi har uchchala golga Dragan Cheran mualliflik qildi. 31-daqiqada Sergeev va Hamdamovning ajoyib harakatidan so`ng Dragan o`ng oyog`ida to`pni darvozabon ustidan oshirib tashladi.

60-daqiqada esa jarima maydonchasi ichida Masharipovga nisbatan amalga oshirilgan qo`pollik uchun olmaliqliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrli jarima zarbasini esa serbiyalik futbolchi aniq amalga oshirgan bo`lsa, oradan 17 daqiqa o`tib Masharipovning uzatmasidan so`ng 32 yoshli forvard to`pni to`xtatmasdan darvozaga yo`lladi.

Shu tariqa “Paxtakor” o`z tarixida 12-marta mamlakat kubogini qo`lga kiritdi.

Coca-ColaO`zbekiston kubogi / Final

26 oktyabr, shanba

PAXTAKOR – AGMK 3:0

Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 7185 tomoshabin

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Jasur Muxtorov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Dragan Cheran, 31 (1:0), Dragan Cheran, 61 penaltidan (2:0), Dragan Cheran, 77 (3:0)

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeev (Marat Bikmaev, 79), Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov, Sherzod A`zamov, Sardor Sobirxo`jaev (Egor Krimets, 89), Farruh Sayfiev (Vladimir Kozak, 86), Marko Simich.

AGMK: Suhrobjon Sultonov, Erkin Baydullaev, Mirjamol Qosimov (Jasurbek Umarov, 46), Dilshod Jo`raev, Elguja Grigalashvili (San`at Shixov, 63), Murodjon Toshmatov, Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yuldashov, Shahzodbek Nurmatov (Jasur Hakimov, 72).

Ogohlantirishlar: Farruh Sayfiev, 74, Xojiakbar Alijonov, 80 – Akmal Shorahmedov, 74, San`at Shixov, 80.

mib
uzcard
cola
apex
bmb