Nodir Qo`ziboevga qo`yilgan ayb o`z isbotini topmadi

2018 yilning 1 iyunida Oltiariqning “Iftixor” futbol klubi sobiq murabbiy yordamchisi Nodir Qo`ziboev futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug`ullanishdan chetlashtirilgan edi.

 

Bunga sabab Qo`ziboev mazkur klub futbolchilari Tursunboy Husanov va Hasanboy Ergashevlarga tazyiq o`tkazib, ularni kaltaklashda ishtirok etgan, deb topilgandi. Oltiariq tuman IIB Tergov boshqarmasining olib borgan surishtiruvlari natijasida Nodir Qo`ziboevning aybsizligi aniqlandi hamda uning ishi bo`yicha tergov harakatlari tugatildi.

 

O`FA Etika qo`mitasi shu asosda Qo`ziboevga nisbatan qo`llanilgan intizomiy jazo chorasini bekor qildi.

 

“Iftixor” futbol klubining sobiq murabbiy yordamchisi Nodir Qo`ziboevning hatti-harakatlari yuzasidan jinoyat ishi tugatilganligi, bunda uning aybi mavjud emasligi hamda unga nisbatan belgilangan jazo chorasi etarlicha surishtiruvga asoslanmaganligi sabab O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi Qo`ziboevning futbol faoliyati bilan shug`ullanishiga qarshilik ko`rsatmaydi.

 

Shu sababdan Nodir Qo`ziboev ikkinchi davra uchun PFLda ro`yxatdan o`tkazildi va mavsum so`nggiga qadar A Pro-liga ishtirokchisi "Iftixor" klubi bilan shartnoma imzoladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb