Superliga va A Pro-liga klublari matbuot kotiblari uchun seminar bo`lib o`tdi

Kecha O`zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda A Pro-liga ishtirokchi klublari matbuot xizmati rahbarlari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Ayni paytda Superliga, Pro-liga hamda kubok bellashuvlari natijalari va o`yin atrofidagi voqealar haqida batafsil ma`lumot berish, ishqibozlarni sevimli jamoalari hayotiga oid yangiliklardan hamisha tezkorlik bilan boxabar etib borishda klublar matbuot xizmatlarining o`rni beqiyos, albatta. So`nggi yillarga kelib klublarimiz matbuot xizmatlari faoliyati ancha o`sdi. Hozirgi kunga kelib klublarning matbuot xizmatlari ancha barqaror ish olib bormoqda.

O`zbekiston Professional futbol ligasi har mavsum avvalida, o`rtasida va mavsum yakuniga etgach klublar matbuot xizmatlari uchun seminarlar tashkil etib kelmoqda. Seminarlar davomida mavjud yutuq va kamchiliklar muhokama etilib, ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo`yicha takliflar o`rtaga tashlanmoqda.

Kecha bo`lib o`tgan seminar davomida ham Superliga va A Pro-liga klublari matbuot xizmatlarining mavsum boshidan buyon amalga oshirib kelayotgan faoliyati tahlil etildi. Matbuot xizmati rahbarlari o`z hamkasblari faoliyatidagi yutuq va bartaraf etish lozim bo`lgan jihatlarni qizg`in muhokama etishdi. 

Kunning birinchi yarmida seminar tashkil etilgan bo`lsa, tushdan so`ng barcha klublar matbuot xizmati rahbarlari O`zbekiston va KXDR terma jamoalari o`rtasidagi xalqaro o`rtoqlik uchrashuvini bevosita kuzatib borishdi va o`yindan keyingi matbuot anjumanida ham qatnashishdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb