“Metallurg” ham “Saratondan soyabon bo`l” xayriya aktsiyasida ishtirok etmoqda

O`zPFL tashabbusi bilan boshlangan “Saratondan soyabon bo`l” xayriya aktsiyasida Superliga klublari tomonidan faol qo`llab quvvatlanmoqda. Bu aktsiyadan Bekobodning “Metallurg” futbol klubi ham chetda qolmayapti.

CocaCola Superliga 10-turining “Metallurg” – “Bunyodkor” jamoalari uchrashuvi oldidan klub murabbiylar shtabi va etakchi o`yinchilari saratonga chalingan 10 yoshli Muhammadjondan xabar olish uchun uning oilasiga tashrif buyurishdi. 

Muhammadjon bugungi o`yinga ham tashrif buyurdi va o`yinni ramziy ma`noda boshlab berdi. Shuningdek, unga “O`zbekinvest” milliy sug`urta kompaniyasi tomonidan 3 million so`mlik chek ham topshirildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb