Umid Ahmadjonov Superliga klublari direktorlari, bosh murabbiylari va hakamlar bilan yig`ilish o`tkazdi

Bugun O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Superligada qatnashayotgan klublar direktorlari, bosh murabbiylari va hakamlar bilan yig`ilish o`tkazdi.

 Yig`ilish davomida so`nggi paytlarda O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizdagi hakamlar saviyasini oshirish, yosh hakamlarni tayyorlash borasida ko`plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta`kidlandi. Shunga qaramay, hakamlar tomonidan qabul qilinayotgan ba`zi qarorlar borasida ko`plab bahsu munozaralar yuzaga kelayotgani, bu bahsu munozaralar natijasida hakamlarga nisbatan noto`g`ri fikr shakllanib qolayotgani ta`kidlandi. Ataylab qo`pol xatolarga yo`l qo`yadigan, turli qing`ir ishlarga aralashi yuradigan hakamlar qat`iy jazolanishi yana bir bor ogohlantirildi.

 Shu bilan birga hakamlar ba`zan insoniylik omili tufayli xatolarga yo`l qo`yishlari kuzatilayotgani aytib o`tildi. Bunday holatlarda klublar bosh murabbiylari o`yin paytida o`z hissiyotlarini jilovlab, hakamlarga nisbatan haqoratomuz iboralarni ishlatishdan tiyilishlari kerakligi ta`kidlandi. O`FA ekspertlar guruhi tomonidan har bir hakamning harakatlari kuzatib, tahlil qilib boriladi. O`yin natijasiga ta`sir etuvchi qo`pol xatolarga yo`l qo`yganlar tegishli tartibda jazolanadi. Shu bilan birga ba`zi qarorlar o`yin vaqtida muxlislarga shubhali tuyulsa-da, mutaxassislar guruhi tomonidan o`rganib chiqilganidan keyin o`sha vaziyatda hakamlar to`g`ri qaror qabul qilgani oydinlashgan vaziyatlar ham bo`layotgani tilga olindi.

Shulardan kelib chiqib, klublar bosh murabbiylari va mutasaddilari doimo O`FA va PFL rahbariyati bilan o`zaro aloqada bo`lib, xato va kamchiliklarni birgalikda bartaraf etib borish taklif qilindi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb