“So`g`diyona” ham “Saratondan soyabon bo`l” nomli xayriya aktsiyasiga qo`shildi

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi “Saratondan soyabon bo`l” nomli xayriya aktsiyasi tashkil etganidan xabaringiz bor.

"So`g`diyona" futbol klubi ham ushbu xayriya aktsiyasiga qo`shildi.

Bugun klub rahbariyati, jamoa murabbiy va futbolchilari Jizzax viloyat onkologiya dispanseridagi bemor bolajonlar xolidan xabar olishdi. Jumladan ushbu shifoxonada davolanayotgan bemor Qo`chqorov G`ayratjon Xurshid o`g`lini xolidan xabar olib, uning davolanishi va sog`lom xayotga kaytishi uchun oz bo`lsada ko`mak berishga, unga dalda bo`lishga harakat qilishdi.  

Klub matbuot xizmatining ma`lumot taqdim etishicha, bunday e`zgu ishlardan maqsad – jamiyatning e`tiborini ushbu masalaga jiddiyroq jalb qilib, kichkintoylar, kattalar, shifokorlar va birovning qayg`usiga befarq bo`lmagan insonlarning birgalikdagi hakaratlar bilan saraton kasalligi ustidan g`alaba qozonish mumkinligini namoyish qilishdan iborat. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb