Maksim Shatskix: Mag‘lubiyatga loyiq emasdik

22.06.2024

Maksim Shatskix: Mag‘lubiyatga loyiq emasdik

Superliga 12-turidan o‘rin olgan OKMK – Paxtakor (4:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yinni  ko‘rdingiz. 6 ta gol ko‘rdik. Muxlislarga yoqdi. OKMK ishqibozlari xursand bo‘lib ortga qaytdi, ammo o‘zimizni muxlislarni xursand qila olmadik. Afsuski, mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Xatolarimiz sababli o‘zimizga-o‘zimiz olib keldik. Hamma raqib ham buni kechiravermaydi. Yoshlar bilan  stabillik namoyish etish qiyin. Xatolar ustida ishlashda davom etamiz.

O‘rinboyev hozircha qaydnomada yo‘q. Yozgi transfer oynasi ochilgach, uni safimizga qo‘shishimiz mumkin.

Biz chekinmadik. O‘yinda davom etdik. OKMK ko‘proq bosim qildi. Ayrim futbolchilarga ko‘rsatmalarni yetkazib berishni imkoni bo‘lmayapti. Yana ayrimlari o‘ziga begona bo‘lgan pozitsiyada to‘p surmoqda. Buni ham o‘rganish lozim. Masalan Behruz Asqarov chap qanotga o‘tdi. Afsuski, bu zonada bizda boshqa futbolchi yo‘q. Har safar shogirdlariingizga nima istayotganini tushuntirib bo‘lmaydi.

Penalti juda kulguli. Tushunamiz, ular yoshlar, ammo aynan ular xato qilmasligi kerak. Mayli, Rasul  4-golda xato qildi, biroq 19 yoshli futbolchi uchun yomon ko‘rinmayapti. Hojiakbar maydonga chiqdi va futbolni sog‘ingani sezildi. Tushunaman, futbolchilar tezroq maydonga qaytishni istaydi, ammo shifokorlar ko‘rsatmasi bor. Biz shundoq ham, ularni hammasiga rioya qilmayapmiz. 3-4 mashg‘ulotda ishtirok etib birdaniga yana maydonda mo‘jiza ko‘rsatishni imkoni yo‘q. Buni jismonan va ruhan imkoni yo‘q. Yarim mavsumni o‘tkazib yubordi ular. Atigi 2-3 mashg‘ulotni o‘zi yetarli emas. Ular tayyor emas. Shu sababli, ularni o‘yinlarda sekin-asta zaxiradan jangga tashlab, o‘yin tonusiga kirib olishini ta’minlayapmiz.

cola
apex
mib
mib
mib
mib