Liganing amaldagi rasmiy saytiga yangiliklar joylash to‘xtatildi

02.07.2024

Liganing amaldagi rasmiy saytiga yangiliklar joylash to‘xtatildi

Biz Superliganing 2024-yilgi mavsumi birinchi davrasini yakunladik. Qaydnomalar va umuman saytga tashrif buyuruvchilar uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha ma’lumotlar o‘z vaqtida joylab borildi. 

Liga sayti uzoq yillar davomida ishladi. 2020-yildan boshlab unda qator o‘zgarishlar va yangilanishlar amalga oshirildi. Biroq statistikalarni hisoblash, mavsumiy raqamlar, ko‘rsatkichlarni alohida ajratish va boshqa masalalarda murakkabliklar mavjud edi. Biz 2025-yildan boshlab saytga tashrif buyuruvchilar uchun bir qator qiziqarli loyihalarni ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Ammo texnik jihatdan eski saytda buni amalga oshirishning iloji yo‘q. 

Shundan kelib chiqib, avgust oyiga qadar yangi saytga bosqichma-bosqich o‘tib boriladi. Liga har qanday ma’lumotni o‘z vaqtida taqdim etishda davom etadi va ularni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ham joylaydi.

Barchasi reja asosida ketsa, avgust oyida yangi sayt amaldagi pfl.uz domeniga o‘tkaziladi. Shuningdek, eski saytdagi barcha hujjatlar va ma’lumotlar yangisiga to‘liq ko‘chirib o‘tkazilguniga qadar eski sayt OAV vakillari uchun boshqa domen bilan faoliyatini davom ettiradi. Biz bu haqda alohida ma’lumot beramiz.   

Mavjud noqulaylikni to‘g‘ri tushunishingizdan umidvormiz. Ishonamizki, tez orada Liga sayti avvalgisidan yaxshiroq va qulayroq ko‘rinishga keltiriladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib