Maksim Shatskix: Rejamiz 99 foizga bajarildi

01.07.2024

Maksim Shatskix: Rejamiz 99 foizga bajarildi

Superliga 5-turidan o‘rin olgan Neftchi – Paxtakor (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘ylashimcha, bahs tayyorgarlik ko‘rganimizdek kechdi. Deyarli maydon markazisiz harakat qildik. Yigitlar o‘yindan oldin berilgan ko‘rsatmalarni bajarishdi. Bahsdan oldingi rejamizni 99,9 foiz uddalashdi. Haqli g‘alaba qozondik.

Bizda birinchi raqamli darvozaboni yo‘q. Mavsum davomida ko‘rgan bo‘lsangiz, ikkisi ham asosiy tarkibda bo‘lishga loyiq posbonlar. Kimnidir xatosidan keyin, yoki ishonchsiz harakati sababli almashtirmadik. Imkon qadar ikkisiga ham o‘yin amaliyoti berishga harakat qilyapmiz. Qo‘shimchasiga, Vladimir Nazarov hozir olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U tonusda bo‘lishi kerak.

cola
apex
mib
mib
mib
mib