“Turon” – “Neftchi” uchrashuvi boshqa sanaga qoldirildi

20.09.2023

“Turon” – “Neftchi” uchrashuvi boshqa sanaga qoldirildi

Bilasiz, Coca-Cola Superliga 19-turi doirasida “Turon” jamoasi o‘z maydonida “Neftchi”ni qabul qiladi. 21 – 23 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida “II Xalqaro hunarmandchilik festivali” hamda uning doirasida Rishton tumanida “Kulolchilik forumi” o‘tkaziladi.

Farg‘ona viloyati jamoat tartibini saqlash organlari xodimlarining aksar qismi festival doirasida xorijlik va mahalliy mehmonlar xavfsizligini ta’minlashga jalb etilishini inobatga olgan holda Farg‘ona viloyati hokimligi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi “Turon” – “Neftchi” uchrashuvini boshqa sanaga qoldirishni so‘rab Ligaga murojaat qildi. Tashkilot shuni inobatga olgan holda mazkur bellashuvni keyinroq muddatga qoldirdi. Liga har ikkala jamoa bilan kelishgan holda bellashuvning aniq sanasiga yaqin kunlarda aniqlik kiritadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib