Olimpik 5-yanvargacha Superligadagi ishtiroki masalasida bir to‘xtamga kelishi kerak

27.12.2024Superliga

Olimpik 5-yanvargacha Superligadagi ishtiroki masalasida bir to‘xtamga kelishi kerak

Avvalroq Metallurg klubi 2025-yilgi mavsumni Superligada o‘tkazmasligi aniq bo‘lgani va uning o‘rni qanday ketma-ketlikda to‘ldirilishi ma’lum qilingandi. 

Metallurg Superligadagi kelgusi taqdiriga 24-dekabrga qadar oydinlik kiritishi lozim

Superliga o‘tish o‘yinlarida mag‘lub bo‘lgan Olimpik futbol klubi “Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.3-bandidan kelib chiqib, Metallurg o‘rnini egallash uchun birinchi raqamli nomzod hisoblanadi. Biroq klub reglamentning 11.1-bandiga ko‘ra yangi mavsum uchun yillik xarajatlar smetasi loyihasini shu klubni moliyalashtiruvchi tashkilot hamda O‘FA bilan kelishgan holda tasdiqlashga ulgurmagan.

Metallurg 2025-yilgi mavsumni Superligada o‘tkazmasligi aniq bo‘ldi


Shundan kelib chiqib, Liga Olimpik futbol klubiga o‘zining kelgusi rejalariga oydinlik kiritish uchun 2025-yilning 5-yanvar sanasiga qadar vaqt taqdim etib, rasmiy xat yo‘lladi. Uning nusxalari Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Assotsiatsiyaga yuborildi. Agar Olimpik 2024-yilda bo‘lgani kabi Superligada ishtirok etishga qaror qilsa va litsenziyalash talablari asosida faoliyat olib borishga kafolat bersa, elitaning so‘nggi ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritilgan hisoblanadi. Olimpik klubi kelgusi mavsumni Proligada o‘tkazishni afzal bilsa, Liga musobaqa reglamentidan kelib chiqib, Xorazm futbol klubi rejalarini o‘rganishni boshlaydi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda