O‘zbekiston Superkubogi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

24-avgust kuni O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi Jizzaxda o‘tkazilishidan xabaringiz bor. “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 19:30 da start oladi. 

23-avgust kuni o‘yinoldi tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu kuni 17:30 da “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix va jamoa sardori Dragan Cheran ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 18:00 da esa “sherlar” bellashuv o‘tadigan stadionda o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. 50 daqiqalik mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.

18:45 da “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa etakchilaridan biri bo‘lgan Lima Kruz OAV xodimlari savollariga javob qaytaradi. Nominal mehmon sifatida qarshiliklar 19:30 da mashg‘ulotga kirishadi va uning ham dastlabki 15 daqiqasiga jurnalistlar tashrif buyurishi mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb