O‘zbekiston Superkubogiga Jizzax mezbonlik qiladi

O‘zbekistonning amaldagi chempioni hamda kubogi sohibi o‘rtasida o‘tishi lozim bo‘lgan Superkubok uchrashuviga 24-avgust kuni Jizzax mezbonlik qiladi. 

“Paxtakor” va “Nasaf” maydonga chiqadigan bellashuv uchun Jizzax neytrallik maqomiga to‘la javob beradi. Qolaversa, “So‘g‘diyona” stadioni Liganing futbol maydonlariga qo‘ygan talabini bajarib ulgurdi. Bizda yaxshi saviyadagi o‘yin tashkil etish imkoniyati mavjud. 

Ma’lumot uchun, mavsum avvalida o‘tishi lozim bo‘lgan Superkubok o‘yini OFK Chempionlar ligasi taqvimiga o‘zgartirish kiritgani va bu “Nasaf” rejalarini o‘zgartirganidan kelib chiqib, keyinroqqa qoldirilgandi. O‘rtada O‘zbekiston U20 Osiyo kubogiga mezbonlik qildi. Keyinroq bu yoshlarimizning mundialdagi ishtirokiga ulanib ketdi. 

Iyun oyida esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi CAFA musobaqasida ishtirok etadi. Bu FIFA kunlaridan tashqari sanalarni ham o‘z ichiga oldi. Referendum arafasida esa Superliganing 1 ta turi keyinroq muddatga qoldirildi. Mazkur sabablarni inobatga olib, Liga Superkubok uchrashuvini jazirama iyulda emas, avgustda o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb topdi va bu borada har ikki klub bilan kelishib oldi. Sentyabrdan boshlab esa “Paxtakor” va “Nasaf” Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

mib
cola
apex
bmb