Bahrom Vafoyev stadioni projektorlari talab darajasiga yetkazildi

Mash’al futbol klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Bahrom Vafoyev nomidagi stadionda kuzda yangi projektorlar o‘rnatish ishlari olib borildi. 

Dastlab fevral oyida ilk bosqich yakunlangach, Liga mutaxassislari stadion yoritish tizimini o‘lchash ishlarini o‘tkazishgandi. Unda yoritish tizimi darajasi 1700 lyuksni tashkil qilgandi. 

Projektorlarni talab darajasiga yetkazish uchun yana qo‘shimcha sozlash ishlari amalga oshirildi. 22-aprel kuni Liga mutaxassisi Muborakdagi stadionda yana bir bor yoritishni o‘lchash jarayonini o‘tkazdi. Endilikda Bahrom Vafoyev stadioni projektorlari 1900 lyuks darajada yorug‘lik bermoqda. 

Ushbu ko’rsatkich O‘zPFL talablariga to‘liq javob beradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb