“Buxoro” sport majmuasi yoritish tizimi 1900 lyuksga yetkazildi

28.04.2022

“Buxoro” sport majmuasi yoritish tizimi 1900 lyuksga yetkazildi

8-aprel kuni tunda O‘zPFL ishchi guruhi “Buxoro” sport majmuasi projektorlarini tekshiruvdan o‘tkazgandi. O‘sha paytda stadion projektorlari o‘rtacha 1832 lyuks yorug‘lik taqdim etgan edi.

O‘zPFL bosh direktori hamda Buxoro viloyati hokimi o‘rtasidagi uchrashuv davomida mazkur masala ham muhokama etilgandi. Shundan kelib chiqib, hokim tomonidan tegishli tashkilotlarga 26-aprel sanasiga qadar yorug‘lik etib boruvchi nuqtalarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

20-25-aprel kunlari stadionda projektorlarni qayta-sozlash ishlari olib borildi. Chiroqlar kerakli shaklda sozlangach, 27-aprel kuni yana bir bor takroriy o‘lchash ishlari olib borildi. Unga ko‘ra, ayni paytda “Buxoro” jamoasi uy o‘yinlari o‘tadigan sport majmuasi yoritish tizimi 1900 lyuksga yetdi. Chiroqlar yorug‘ligi hozir maydon bo‘ylab bir tekisda tushmoqda. 

Shu tariqa, “Buxoro” sport majmuasi O‘zbekistonda projektori eng yaxshi stadionlar qatorida “So‘g‘diyona” (1900) va “Turon” (1900) ga tenglashdi. Bu borada “Bunyodkor” etakchi bo‘lib, ushbu arenada yoritish tizimi ko‘rsatkichi o‘rtacha 2400 lyuksni tashkil etadi. Keyingi o‘rinda “Qizilqum” (2200) uy o‘yinlari o‘tadigan “Yoshlar” sport majmuasi joylashgan. 

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda bu boradagi minimal talab 1800 lyuks sanaladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib