Superliganing 8 ta klubi yangi futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin
05.12.2024Superliga
Avvalroq 2025-yilgi mavsum 7-mart sanasida start olishi reja qilingani xabar qilingandi. 10-dekabr kuni esa qishki transfer oynasi ochiladi.
Reglamentga ko‘ra, klub yilning istalgan davrida MyLeague platformasi orqali yangi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. 2024-yilgi mavsum davomida Liga barcha klublar musobaqalarda to‘liq tarkibda ishtirok etishi uchun sharoit yaratib berdi. Biroq ayrim klublar Liga bilan tuzilgan shartnomalarni o‘z vaqtida bajarmadi.
Ayni vaqtda OKMK, Surxon, Dinamo, Andijon, Bunyodkor, Qizilqum, Mash’al va Sho‘rtan kabi Superliga klublari uchun MyLeague platformasi ochiq turibdi. Shuningdek, Metallurg, Aral va Do‘stlik Toshkent klublarida ham bu borada muammo mavjud emas. Qolgan har qanday jamoa shartnoma shartlariga amal qilishi talab etiladi.