“Superliga reglamenti” loyihasi

08.11.2025Superliga

“Superliga reglamenti” loyihasi

20-oktyabr kuni Liga 17 ta professional klub rahbarlari ishtirokida uchrashuv tashkil qilgandi. Avvalroq unda qanday masalalar kun tartibida bo‘lgani ko‘rsatib o‘tilgan. 


Endilikda Liga klublar bilan uchrashuvda ko‘rib chiqilgan masalalarni birma-bir ochiqlab boradi. Unga qadar esa 2026-yilgi mavsum reglamenti loyihasi saytga joylashtirilmoqda. Undagi asosiy o‘zgarishlar va jihatlar xususida batafsil qo‘shimcha materiallar e’lon qilinadi. 


Klublar rahbariyati bilan uchrashuvda qator masalalar kelishib olingan bo‘lib, shu asosda reglamentga ayrim o‘zgarishlar kiritilgan va u 24-oktyabr kuni Assotsiatsiyaga kelishish uchun taqdim etilgan. Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin reglament loyihasi to‘la kuchga kiritilishi rejalashtirilgan.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar