Liga 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi

21.10.2025PFLSuperliga

Liga 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi

Kecha — 20-oktyabr kuni O‘zbekiston professional futbol klublari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 2026-yilgi mavsum yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilindi.



Liga 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi

Ayni vaqtda O‘zbekistonda OFK litsenziyasiga ega chiqqan 17 ta klub mavjud. Ularning 16 tasi Superliga ishtirokchilari hisoblanadi. Proliga klublari orasidan faqatgina Lokomotiv litsenziyalash talablarini bajara olgan. Shundan kelib chiqib, Liga uchrashuvni ular ishtirokida tashkil etdi.  



Liga 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi

Bir hafta muqaddam Liga prof klublarga “Superliga reglamenti-2026” loyihasini taqdim etgandi. Unda bir qator sezilarli qo‘shimchalar nazarda tutilgan. Kechagi uchrashuvda bu haqda yuzasidan fikr almashildi. Taxminan 4 soat davom etgan yig‘ilish davomida Liga va klublar bir qator masalalarda kelishuvlarga erishdi, endilikda reglamentdagi ayrim masalalar Assotsiatsiya ishtirokida ko‘rib chiqiladi va shundan keyin uning yakuniy varianti tasdiqlanadi.


Quyida uchrashuvdan o‘rin olgan mavzular bilan tanishish mumkin:  

• Superliga-2026 taqvimi; 

• Superliga qur’asining yangi mexanizmi; 

• Superliga stadionlarida VAR markazlarini tashkil etish masalasi; 

• Superliga stadionlarini parvarishlash va ularga texnika jalb etish masalasi; 

• Superliga klublari qoshidagi futbol maktablari masalasi; 

• Superliga klublari tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi; 

• Superliga klublari futbolchilarining maydondagi harakati va fiziologik holatini tahlil qiluvchi kompaniyalar bilan ishlash masalasi;

• Superliga o‘yinlari intensivligini oshirish, antifutbol holatlariga qarshi kurashish va toza o‘yin vaqtida sezilarli o‘zgarishlarga erishish masalasi;

• Superliga teletranslyatsiyasi masalasi; 

• Tartib-intizom qo‘mitasi masalasi; 

• Stadionlar bo‘yicha ishchi guruh masalasi; 

• “Superliga reglamenti” yuzasidan muhokama.

Yig‘ilishda muhokama qilingan mavzular to‘liq bayonlashtiriladi va Liga unda qabul qilingan qarorlar, jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lgan mavzularni konkretlashtirish ustida ishlaydi. Bu bo‘yicha har qanday yangilik Liga sahifalaridan o‘rin oladi.

Liga 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazdiLiga 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazdiLiga 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazdiLiga 17 klub rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar