Qizilqum mavsum startini Samarqandda boshlaydi, Dinamo o‘z uyida to‘p tepadi

25.12.2024Superliga

Qizilqum mavsum startini Samarqandda boshlaydi, Dinamo o‘z uyida to‘p tepadi

Avvalroq Bunyodkor stadioni 2025-yilgi mavsum Superliga uchrashuvlari uchun qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgani e’lon qilingandi. 

Bunyodkor 2025-yilgi mavsumni o‘z maydonida boshlaydi


Keyinchalik Dinamo o‘zi to‘p tepadigan Samarqanddagi stadion bilan tuzilgan shartnomani Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi. Shuningdek, Qizilqum ham mazkur arenadan ijara asosida foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 


Ayni vaqtda Navoiydagi Yoshlik stadionini Superliga talablariga moslashtirish ishlari davom etmoqda. Reja bo‘yicha, stadion kelasi yilning mart oyi o‘rtalarida rasmiy uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, Qizilqum har ehtimolga qarshi Samarqanddagi stadion bilan kelishuv tuzdi. Ya’ni, Liga Navoiydagi stadionni ro‘yxatdan o‘tkazguniga qadar Qizilqum mavsumni qo‘shni viloyatda boshlab turadi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda