Bunyodkor 2025-yilgi mavsumni o‘z maydonida boshlaydi

21.12.2024Superliga

Bunyodkor 2025-yilgi mavsumni o‘z maydonida boshlaydi

11-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bunyodkor stadioni noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin yopilishi va uning maysasini kelasi mavsumga tayyorlash ustida ish olib borilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingandi.



Shunga qaramay, Bunyodkor Superliga 26-turidan o‘rin olgan Paxtakor’ga qarshi uy uchrashuvini 30-noyabr kuni o‘z maydonida o‘tkazishga qaror qildi. Bu vaqtga kelib havo harorati pasaydi hamda maydon chimini yaxshilash ishlarini amalga oshirish kechikdi.



Bunyodkor 2025-yilgi mavsumni o‘z maydonida boshlaydi


Bunyodkor stadioni 2025-yilgi mavsum startiga tayyor bo‘ladi. Biroq o‘tgan mavsumlarda bo‘lgani kabi avgust hamda sentyabrning birinchi yarmida maydon chimi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi katta ehtimol. Liga bilan hamkorlik qilayotgan mutaxassislar buning oqibatlarini maksimal darajada yumshatish ustida ish olib boradi. 


Liga yo‘riqnomalariga ko‘ra, Superliga klubi 25-dekabrga qadar o‘z stadionini ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim. Superliga klublari orasida Bunyodkor bu ishni birinchi bo‘lib amalga oshirdi. Qaldirg‘ochlar mavsumni o‘z uyasida boshlaydi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda